Iqtisodiyot

1 kun ichida qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

Ushbu miqdor o‘rtacha 30 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

1 kun ichida qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

 

Joriy yilning 15-fevral kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 119 ta holatda 6,3 mln kVt⋅soat miqdoridagi (jami 2,6 mlrd so‘m) elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

 

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 30 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

 

Xususan:

 

• Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan “Istiqlol Javohiri” MCHJ elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 646 mln so‘m;

 

•Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida joylashgan "Zamin Sirojxon" fermer xo‘jaligi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 275 mln so‘m;

 

•Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida faoliyat yuritayotgan“Sardor-Sarvar-Akmal Stroy" MCHJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi orqali 187 mln so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

 

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.

 

Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"