Qashqadaryoda o'g'il o'z onasini do'pposladi
Bunga o'zaro janjal sabab bo'lgani aytilmoqda.

Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro joriy yilning 15-yanvar kuni soat 18.00 larda yashash uyida onasi bilan o‘zaro janjal qilib, uni urib tan jarohati yetkazgani ma'lum bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha, tumаn "Xalqobod" mahallasida yashovchi shaxsga muqaddam JIB Shahrisabz tuman sudining 2022-yil 3-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, MJtKning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgani uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida, ya’ni 600 ming jarima jazosi tayinlangan.
Hozirda o‘z onasiga tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.







