O'zbekiston

7 ta viloyat hokimligi poytaxtda mehmonxona quradi

Bu bo‘yicha Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov qaror chiqardi.

7 ta viloyat hokimligi poytaxtda mehmonxona quradi

 

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hududidan Namangan, Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyati hokimliklariga mehmonxona qurishga yer ajratish to‘g‘risida qaror chiqardi.

 

Viloyatlar hokimliklariga poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani “Chingeldi” MFY hududidan mehmonxona qurish uchun 0,32 gektar yer maydoni ajratilgan.

 

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek Chingeldi mahallasidagi 0,32 gektar yer maydoni quyidagi 7 ta viloyat hokimligiga mehmonxona qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan:

 

▪️Namangan

▪️Andijon

▪️Farg‘ona

▪️Sirdaryo

▪️Surxondaryo

▪️Buxoro

▪️Samarqand

 

Viloyat hokimliklari ushbu hududning topografik xarita va geologik xulosasini ishlab chiqish uchun "Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti" DUK Toshkent shahar filialiga buyurtma berishi belgilangan.

 

Shuningdek, Yangihayot tumanidagi Fayzli MFY hududida metrologik stansiya qurish uchun aholi yashash joyidan 0,15 gektar ajratish haqida ham qaror chiqarilgan. 

 

Talabalar shaharchasidagi Milliy universitetga tegishli 0,15 gektar yer esa poytaxt hokimligi zaxirasiga o‘tkazilgan. 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.