Siyosat

Rossiyadagi ayrim migrantlar taksi haydash huquqidan mahrum qilinmoqda

Yangi tartib nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan kelgan migrantlarga balki, Rossiya fuqarolariga ham tegishli.

Rossiyadagi ayrim migrantlar taksi haydash huquqidan mahrum qilinmoqda

 

1-martdan boshlab Rossiyadagi ayrim migrantlarga taksi xizmatida ishlash taqiqlanadi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

 

Rossiyada yo‘lovchi tashish sohasida ishga joylashish uchun cheklovlar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, yangi tartib nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan kelgan migrantlarga balki, Rossiya fuqarolariga ham tegishli.

 

Endi qator jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi. Ushbu o‘zgartirishlar hozirda ish olib borayotgan haydovchilar va boshqa xodimlarga ham taʼsir qiladi.

 

Shunday qilib, Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, quyidagilarni sodir etgan fuqarolarga jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi:

 

  • qotillik;
  • qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;
  • talonchilik yoki bosqinchilik;
  • jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar;
  • jamoat xavfsizligi, konstitutsiyaviy tuzum asoslari va davlat xavfsizligi, tinchlik va xavfsizlik asoslariga qarshi o‘rtacha og‘irlikdagi yoki undan og‘irroq jinoyatlar.

 

Endilikda ishga qabul vaqtida nomzod sudlanmaganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma ham taqdim etishi kerak. Hattoki ayni vaqtda jinoyat ishida gumonlanuvchi bo‘lganlar ham rad javobini oladi.

 

Ushbu talabga rioya qilmaslik ishdan bo‘shatishga olib keladi.

 

Sudlanganlik holati olib tashlangan yoki o‘chirilgan taqdirda ishga joylashish uchun hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. O‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar sodir etilganda sudlanganlik 3 yilga, og‘ir jinoyatlar uchun esa 8 yilga avtomatik ravishda o‘chirilgan hisoblanadi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.