Siyosat

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon Hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi

Unda 11 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi.

Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon Hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. 

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov, Ozarbayjon Respublikasi tomonidan iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov delegatsiyalarga rahbarlik qildi. Forumda, shuningdek, ikki mamlakat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatalari rahbarlari, mahalliy hokimliklar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

 

Delegatsiyalar rahbarlari o‘z chiqishlarida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va istiqbolli bozorlarga olib chiqish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishda katta salohiyat mavjudligini qayd etdilar hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari vakillarini faol va muvaffaqiyatli hamkorlikka chaqirdilar. Shu bilan birga, ikki davlat tegishli vazirliklarining qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda har qanday zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.

 

Savdo aloqalarini kengaytirish va oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsadida yaqin kelajakda ikki mamlakat bozorlariga talabga ega mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish, muntazam savdo va biznes missiyalarini oʻtkazish, tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish uchun platformalar yaratish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

 

So‘zga chiqqanlar hududlararo hamkorlik doirasida yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish muhimligini ta’kidladilar. Yig‘ilish davomida Buxoro va Lankaron, Xiva va Shusha, Qoʻqon va Sheki, Samarqand va Ganja shaharlari oʻrtasida qardoshlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan qator muhim hujjatlar, Toshkent va Boku oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.


Tadbir doirasida ishtirokchilarning B2G va B2B formatidagi uchrashuvlari hamda O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi tashkil etildi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"