O'zbekiston

Yakshanba mutolaasi: Sentimentalizmning o‘zbekcha talqini yoxud telba muhabbat

Zamon.uz yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshevning “Sunbulaning ilk shanbasi” qissasini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: Sentimentalizmning o‘zbekcha talqini yoxud telba muhabbat

 

Kishi kitob varaqlashidan oldin, avvalo, bir niyatni ko‘ngliga tugadi. Bu — ruhning dam olishi. Ruhning orom topishi uchun esa inson o‘zida kechayotgan pok tuyg‘ularni anglashi, ularni qaysi rang-u iforda ekanini seza bilishi lozim. Adabiy olamda sentimentalizm degan tushuncha mavjud. U his-tuyg‘ular adabiyoti demakdir. Garchi o‘zbek adabiyotida sentimentalizm ruhiga yo‘g‘rilgan asarlar ko‘p bo‘lmasa-da, uning yukini bera oladigan barmoq bilan sanarli ijod namunalari mavjud. Ana shunday asarlardan biri zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor Abduqayum Yo‘ldoshevning “Sunbulaning ilk shanbasi” nomli qissasidir. Asar kishini his-tuyg‘ular ummoniga chorlaydi.

 

Qissa, sodda qilib aytganda, bir-biriga chinakamiga ko‘ngil qo‘ygan, biroq taqdir taqozosi bilan yo‘llari ayri tushgan ikki qalb haqida, qiz va yigitning ruhiy kechinmalari, qalb istaklari haqida.

 

Inson inson bo‘lib tug‘ilibdiki, uni muhabbat deb atalmish bir kuch taʼqib qilaveradi. Uning taʼqibidan kimdir qocha olsa, kimdir uning qopqoniga tushadi. Biroq har bir ko‘ngilga ham ayni pok muhabbat isyon qilmasligi mumkin, chinakam tuyg‘ularga asir bo‘lganlar esa asar bilan dillasha oladi.

 

Asar yozuvchi va uning bosh qahramoni bilan bo‘lgan suhbati asosiga quriladi. Qissani o‘qish asnosida uning nomi barchaning eʼtiborini tortgan bo‘lishi tabiiy: “Sunbulaning ilk shanbasi”.

 

Nega asar bunday nomlangan, sunbula o‘zi nima?

 

Yozuvchi o‘z qahramonlari surati va siyratini chizishda mahorat bilan yondashadi. Shuning xususida, ramziy ifodalarni qo‘llashdan cho‘chimaydi. Sunbula burj nuqtai nazaridan olib qaralganda, sentyabr oyi sanaladi. Ikki qalb esa ayni shu oyning ilk shanba kuni o‘zlari kelishgan joyda uchrashishga kelishib oladi. Buni esa adib tengsiz ustalik bilan aks ettira olgan.

 

Asarni o‘qish davomida qizni majburlab, boshqasiga turmushga berib yuborgan ota, qizni umuman tushunmaydigan turmush o‘rtog‘i va uni so‘nggi nafasigacha sevib o‘tadigan telba yigitning botini o‘quvchi ko‘z oldiga muhrlanadi. Bunda yozuvchi aslo mubolag‘aga murojaat etmaydi, aksincha, atrofimizda yoki biz bilan birga yashayotgan odamlarni tanishtirib boradi xolos.

 

U qahramoning o‘z-o‘zi bilan betinim olishayotgan damlarida qay bir nuqtalar bilan uning qirralarini ochishga turtki bo‘lgan qahramonlar qismatini yoritadi. Shaxs uchun muhim bo‘lgan eʼtiqod masalalari ruhiy olamida kechayotgan gunohkorlik hissi asarda —  qahramon misolida aks ettiriladi. Qissada Abduqayum aka xonadoshining o‘lim oldidagi holati kishini befarq qoldirmaydi. xonadoshining betobligi tufayli Abduqayum aka unga qalban yaqinlashadi. Shu tariqa yozuvchi hayot va mamot muammosini inson ruhoniy olamining taftishi misolida hal qilishga urinadi. Umr yakuni sifatida taqdim etilayotgan pallalarda uning halovatga erishuvi, o‘zi anglamagani holda o‘zga olamga intilishi ishonarli asoslangan.

 

Xulosa qilib aytganda, kitobxon qiz va yigitning muhabbati haqqoniy ekaniga ishonadi. Yolg‘on, soxta voqelik ortiqcha badiiy to‘qima uchramaydi. Yigitning ruhiy holatlari, shanba kuni kelgandagi o‘zini tutishlari, shifoxonadagi xatti-harakatlari, qizning esa kelishilgan kunda olis Turkistondan poytaxtga kelishi, baʼzan yoshi keksa qaynotasi, baʼzan eri va singlisini ko‘ndirib, turli bahonalar bilan tashrif buyurishi, baʼzan kutgan insonini ko‘ra olmasa, kelishilgan uchrashuv joyini 2-3 martalab aylanishi, atrofga alanglab so‘zsiz kimnidir izlashlarida bu jihat seziladi. Eʼtiborlisi, bu uchrashuv uchun qiz ham, yigit ham yil davomida harakat qiladi, ruhan kuch to‘playdi, sabablar izlaydi. Ayniqsa, qiz bu borada juda ko‘p to‘siqlarga uchraydi. Nima bo‘lishidan qatʼi nazar, ayol ularning hech biriga eʼtibor bermaydi, unga faqat birgina yupanch kerak: sevgan insonining nigohi. Bu voqelikning o‘ziyoq ular uchun muhabbat, sevgining naqadar kuchli tuyg‘u ekanini anglatadi.

 

Yozuvchi esa bu kabi jihatlar bugungi kun uchun nihoyatda muhim ekanini taʼkidlaydi. Yaʼni bugun sevgini o‘yin qiladigan yuzaki oshiq-maʼshuqlar ko‘paygan bir zamonda ishq ahllari asardan o‘z savollariga javob topa oladi. Voqealar birovning boshidan o‘tgan ertak sifatida emas, aksincha, har bir insonning boshidan o‘tadigan kechmishday taassurot qoldiradi. Mana shu ham uning qiymatini oshirsa, ajab emas.

 

custom img

Mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

Umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar xodimlarni muayyan muddatga ishga rasmiylashtirishi va ish haqi to‘lashi mumkin bo‘ladi.

custom img

O‘zbekistonda kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga 50 ming dollargacha mukofot beriladi

Ishtirokchilar uchta yosh toifasida qatnashadi va belgilangan tartib asosida saralab olinadi.

custom img

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidentga tabriklar yo‘llanmoqda

Qurbon hayiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda siyosiy va diniy arboblardan tabrik maktublari kelmoqda.

custom img

Prezident qarori asosida 50 ga yaqin bemorda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi

Qurbon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlari doirasida bolalar va og‘ir tashxisli bemorlarga murakkab tibbiy yordam ko‘rsatildi.

custom img

Toshkentda reklama taxtalarini noqonuniy olib qo‘ygan xodimlar javobgarlikka tortildi

Biznes-ombudsman aralashuvidan so‘ng plakatlar tadbirkorlarga qaytarildi.

custom img

WTA va O‘zbekiston: turizm sohasida yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

WTA tarkibidagi 260 dan ortiq turizm tashkilotlari va kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb qilish hamda Ipak yo‘li targ‘iboti tadbirlarini o‘tkazish kelishib olindi.

custom img

O‘zbekistonda 3 oy ichida 60 yoshdan keyin 160 kishi ota bo‘ldi

Yanvar–mart oylarida mamlakat bo‘ylab jami 191 086 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan.

custom img

Centrum Air ortiqcha chipta sotish amaliyotidan foydalanmasligini ma’lum qildi

Aviakompaniya Raqobat qo‘mitasining so'roviga rasmiy munosabat bildirib, Toshkent–Urganch reysidagi vaziyat fors-major holati sabab yuz berganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"