0

Endi PPX xodimlari maktablar atrofida bolalarni qo‘riqlaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning o‘g‘irlanishi haqidagi soxta xabarlar tarqalmoqda.

Endi PPX xodimlari maktablar atrofida bolalarni qo‘riqlaydi

 

Maktab o‘quvchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida har kuni ertalab soat 07:00 dan boshlab PPX xodimlari maktablar atrofida patrullik qiladi.

 

Bolalarning o‘g‘irlanishi haqidagi soxta xabarlar tarqalganidan so‘ng, Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, so‘nggi 5 yil ichida birorta ham bola o‘g‘irlash holati kuzatilmagan bo‘lsa ham poytaxtda bolalar xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaror qilindi.

 

Endilikda huquq-tartibot idoralari xodimlari har kuni ertalab soat 07:00 dan boshlab maktablardagi vaziyatni nazorat qilib boradi, patrul post xizmati xodimlari esa maktablar atrofida, ayniqsa, qorong‘u ko‘chalarda patrullik qiladi.

 

Bundan tashqari, ota-onalar huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan doimo aloqada bo‘lishi uchun maktabdagi barcha Telegram guruhlariga maktablarda faoliyat yurituvchi psixolog inspektorlar qo‘shiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"