Jamiyat

Umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladigan sana o‘zgardi

Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli asosida boshqa kunga ko‘chirildi.

Umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladigan sana o‘zgardi

 

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023 yil 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 11 martdan 18 martga ko‘chirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"