Iqtisodiyot

Global iqtisodiy o‘sish prognozlari yaxshilandi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bu bo‘yicha maxsus hisobot eʼlon qildi.

Global iqtisodiy o‘sish prognozlari yaxshilandi

 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 2023 yilda dunyo iqtisodiyoti 2.6 foizga o‘sishini prognoz qildi. Bu 2022 yil nobyaridagi taxminlardan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

O‘tgan yili oxirida tashkilot global iqtisodiyot 2.2 foizga o‘sishini maʼlum qilgandi. 2024 yilgi ko‘rsatkichlar ham yaxshilangan: noyabrda bu 2.7 foiz deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda 2.9 foizgacha oshirildi. Ekspertlarning fikricha, isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning kayfiyati asta-sekin yaxshilanib bormoqda, inflyatsiya bosimi kamaymoqda.

 

Dunyo iqtisodiyoti o‘sishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan boshqa omil sifatida tahlilchilar Xitoy bozorining ochilishi va xomashyo tovarlariga narxlarning pasayishini ko‘rsatishgan.

 

Shu bilan birga global iqtisodiy o‘sishning 2023 va 2024 yilgi surʼatlari uzoq istiqboldagi trend darajasidan past bo‘ladi, bunda dunyoning eng yirik banklari tomonidan pul-kredit siyosatining qattiqlashishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Ukraina urushining nomaʼlum yakuni ham o‘sishning sekinlashishiga olib keladi.

 

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"