Yangi noodatiy ekzosayyora kashf qilindi
Unga “VHS 1256b” deb nom berilgan.

Uebb teleskopi yangi ekzosayyorani kashf etdi. Qayd etilishicha, ekzosayyorada “qumli” bulutlar mavjud. Olimlar mazkur bulutlar juda yuqori haroratga ega ekanini aytmoqda.
U Yerdan 40 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
Ekzosayyoraga “VHS 1256b” deb nom berilgan. U ikkita yulduz atrofida aylanadi.
Teleskop uni NIRSpes va MIRI asboblari orqali ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, ekzosayyorada suv, metan, uglerod oksidi va karbonat angidrid belgilari mavjud.







