O'zbekiston

"Mana, bugun ham sizlar bilan birgalikda 1 100 ta yangi doimiy ish o‘rniga ega 6 ta korxona ishga tushiriladi"

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yig‘ilish o'tkazmoqda.

"Mana, bugun ham sizlar bilan birgalikda 1 100 ta yangi doimiy ish o‘rniga ega 6 ta korxona ishga tushiriladi"

 

So‘nggi olti yilda Qoraqalpog‘istonda 15 trillion so‘m investitsiya hisobiga 5 300 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlar soni 2 baravar ko‘payib, 46 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi. 

 

Ilgari sanoati eng past bo‘lgan 6 ta tumanda ishlab chiqarish 2-3 baravar oshib, Qoraqalpog‘istondagi ulushi 12 foizga yetdi. Qorao‘zakda sanoat 5 baravar, Ellikqalʼa, Mo‘ynoq, Taxtako‘pirda 3 baravar, Shumanay va Nukus tumanida 2 baravar oshib, bu tumanlarda ishlab chiqarish 2 trillion so‘mga yetdi. 

 

“Umuman, so‘nggi olti yilda Qoraqalpog‘istonda sanoat 1,3 baravar o‘sdi, 61 turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa, kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod o‘sdi. Mana, bugun ham sizlar bilan birgalikda 1 ming 100 ta yangi doimiy ish o‘rniga ega 6 ta korxona ishga tushiriladi”, — dedi davlat rahbari.

 

Mazkur korxonalar orqali, Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarishga 300 milliard so‘m, eksportga 20 million dollar qo‘shiladi.

 

“Lekin, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ishli qilish bo‘yicha hali imkoniyatlar ko‘p. O‘tgan yili avgust oyida kelib, hamma vazifalarni belgilab olgan edik. Jumladan, Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy masalalarni yechish bo‘yicha katta qaror va dastur qabul qilindi. Bular bilan 2023-yilning o‘zida 670 milliard so‘m va 340 million dollar mablag‘lar ajratildi”, — dedi davlat rahbari. 

 

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uchun foyda, aylanmadan soliq, yer va mol-mulk soliqlari 2 baravar pasaytirilgani, shuningdek, ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanganini taʼkidladi. 

 

“Bu orqali, Qoraqalpog‘istonning barcha tadbirkorlari (23 ming) ixtiyorida yiliga 500 milliard so‘m qolayapti. Faqat ushbu hudud tadbirkorlariga tijorat kreditlarining 75 foiziga Tadbirkorlik jamg‘armasi kafilligi berilishi belgilandi. Har bir tumanga vazirlar, viloyat hokimlari, idora va banklar rahbarlari biriktirildi. Qilayotgan ishlarimiz ko‘p va buni xalqimiz ko‘rib turibdi. Ularning o‘zi bu o‘zgarishlarga adolatli bahosini beradi”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.