Jahon

Turkiyada 6-fevraldan buyon 22,5 mingga yaqin zilzila qayd etildi

AFAD rahbari zilzilalar mintaqada yashovchi 15 millionga yaqin fuqaroga bevosita taʼsir ko‘rsatganini taʼkidladi.

Turkiyada 6-fevraldan buyon 22,5 mingga yaqin zilzila qayd etildi

 

6 fevraldan buyon, yaʼni epitsentri Turkiya Qahramanmarashida sodir bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng 22,5 mingga yaqin yerosti silkinishlari sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va oldini olish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer Turkiya ilmiy-texnikaviy tadqiqot kengashi (TUBITAK) tomonidan onlayn tarzda tashkil etilgan zilzilalarni o‘rganish bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, 6 fevral kuni Qahramanmarashda sodir bo‘lgan zilzilalar 1668 yilda Shimoliy Anadoluda va 1939 yilda Erzinjonda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash ofatlardan keyin uchinchi yirik zilzilalar bo‘ldi. Bu taʼsir maydoni, vayronagarchilik va odamlarning halok bo‘lishi nuqtai nazaridan eng katta ofat bo‘ldi.

 

AFAD rahbari zilzilalar mintaqada yashovchi 15 millionga yaqin fuqaroga bevosita taʼsir ko‘rsatganini taʼkidladi.

 

«7,7 magnitudali birinchi zilzila davomiyligi 65 soniya, 7,6 magnitudali ikkinchi zilzila esa 45 soniyani tashkil etdi. Ayni damda 22,5 mingga yaqin yer silkinishlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich AFAD tomonidan yil davomida qayd etilgan o‘rtacha zilzilalar soniga teng. 5 balldan 6 ballgacha bo‘lgan silkinishlar soni 47 tani tashkil etadi. Ikkala zilzila natijasida 400 km ga yaqin yer usti yorilishi sodir bo‘lgan, yer qobig‘ida 7,5 metrgacha siljishlar yuzaga kelgan», — dedi Sezer.

 

Unga ko‘ra, Qahramonmarashda epitsentrlari bo‘lgan zilzilalar natijasida 56 426 ta bino vayron bo‘lgan yoki zudlik bilan buziladi, 206 452 ta bino jiddiy, 48 984 tasi o‘rta va 516 352 tasi yengil shikastlangan.

 

Sezer, qidiruv-qutqaruv ishlari ortidan birinchi bosqichda mintaqaga 160 ming chodir yuborilganini qayd etdi. Ayni paytda 610 mingga yaqin chodir o‘rnatildi, 289 ta konteyner maydoniga 45 ming konteyner joylashtirildi.

 

«Birinchi bosqichda zilzila zonasidagilarning 2 million 800 ming nafari, ayni paytda 2,5 million kishi joylashtirildi. Yana 800 ming zilziladan zarar ko‘rgan kishilar mintaqadan tashqariga joylashtirildi», — deya qo‘shimcha qildi Sezer.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"