O'zbekiston

Farg‘onada ohak sexi 18 mlrdlik gazni noqonuniy ishlatdi

Bu mart oyining o‘zida viloyatda aniqlangan 6 ta holatdan biri.

Farg‘onada ohak sexi 18 mlrdlik gazni noqonuniy ishlatdi

 

Farg‘ona viloyatida mart oyi davomida ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 18 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mart oyi davomida «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 6 ta ulgurji isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlangan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz taʼminoti korxonasiga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 18,352 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jumladan, Farg‘ona shahrida joylashgan xususiy korxonaga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida hech qanday hujjatlarsiz 18,314 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

 

“Hozirda qoidabuzarlarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonuniy baho berilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.