Jahon

Rossiya Qrimda xandaklar va to‘siqlar tarmog‘ini qurdi

“Washington Post” nashriga ko‘ra, ular Ukrainaning qarshi hujumidan mudofaa uchun joylashtirilgan.

Rossiya Qrimda xandaklar va to‘siqlar tarmog‘ini qurdi

 

“Washington Post” gazetasi Rossiyaning Qrimda mudofaa tuzilmalarini qurish bo‘yicha faol saʼy-harakatlari yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvni eʼlon qildi.

 

“Taqdim etilgan sunʼiy yo‘ldosh suratlariga asoslanilsa, bir necha hafta ichida Rossiya rasmiylari Qrimda xandaklar va to‘siqlar tarmog‘ini qurishga muvaffaq bo‘lganini ko‘rsatadi”, — deb yozadi nashr.

 

Gazeta Qrimni urush zonasidagi “eng mustahkamlangan” hududlardan biri deb ataydi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainaning bahorgi qarshi hujumini kutayotgan so‘nggi haftalarda bunday mudofaa tuzilmalari tez paydo bo‘la boshlagan.

 

Vitino qishlog‘i yaqinida olingan suratlardan birida xandaqlarda o‘rnatilgan bir nechta artilleriya qismlari ham ko‘rsatilgan.

 

Ko‘pgina mudofaa inshootlari dengiz qirg‘og‘i yoki kanallar kabi tabiiy suv to‘siqlari yaqinida paydo bo‘lgan, bu Ukraina qurolli kuchlari tomonidan hujumga uchragan taqdirda qo‘shimcha to‘siqlar uchun qulay.

 

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"