0

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 3 toifaga ajratiladi

Ayni damda Prezident raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 3 toifaga ajratiladi

 

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi taʼkidlandi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi taʼkidlandi.

 

Bunda:

 

  • yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;
     
  • turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
     
  • davlatning g‘amxo‘rligi va eʼtiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"