Jahon

OAV: Eron gumanitar yordam niqobi ostida Suriyaga qurol yetkazib berdi

Isroil manbalarining aytishicha, Tehron Suriya havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirmoqda.

OAV: Eron gumanitar yordam niqobi ostida Suriyaga qurol yetkazib berdi

 

Eron zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga insonparvarlik yordami yetkazib berishdan harbiy texnikani tashish uchun niqob sifatida foydalangan. Bu haqda Reuters agentligi Eron, Rossiya, Isroil va G‘arb mamlakatlaridagi to‘qqizta manbaga tayanib, xabar berdi.

 

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, insonparvarlik yordami niqobi ostida Eron samolyotlari tomonidan Suriya aeroportlariga yetkazilgan texnika havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash va Suriyadagi Eron nishonlariga Isroil tomonidan berilgan hujumlarni qaytarish uchun ishlatilgan. Uskunalar quruqlik orqali ham yetkazib berildi.

 

Reuters manbalarining ta'kidlashicha, Erondan Suriya hududiga yetkazilgan yuklar aloqa tizimlari, radar qurilmalari, havo hujumidan mudofaa raketa qurilmalarining qismlari bo‘lgan.

 

Eslatib o'tamiz, 8-aprel kuni Isroilning shimoliy hududlari Suriyadan raketa zarbalariga uchragan edi.

 

Ayni paytda Politico sayti Eron xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tib, ballistik raketa yoqilg‘isining asosiy komponentini sotib olish bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berdi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"