O'zbekiston

Andijonda IIB xodimlari fuqarolar bilan mushtlashdi

Hozirda bu bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Andijonda IIB xodimlari fuqarolar bilan mushtlashdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi huquq tartibot maskanida IIO xodimlari va fuqarolar o‘rtasida ziddiyatli holat tasvirlangan videolavhalar tarqalmoqda. Holatga viloyat IIB axborot xizmati izoh berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 13 aprel kuni Shahrixon tumani IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor S.K. Eshonqishloq mahallasida xizmat olib borayotgan vaqtida mazkur mahalla hududidan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Sh. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashina yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, ikki nafar 2006 va 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalarni transportning yukxonasida olib ketayotganligini ko‘rib, to‘xtatgan.

 

Avtomashina haydovchisi bolalar yukxonadan tushib qolishi bilan voqea joyidan yashiringan.

 

Shundan so‘ng holatni rasmiylashtirish maqsadida mayor S.K. va hudud profilaktika inspektori D.Q. Quruqsoy mahallasida joylashgan 25-sonli huquq tartibot maskaniga kelib, voyaga yetmagan bolalar bilan suhbatlashayotganida u yerga Labo haydovchisi Sh.Sh., uning akasi — 1992 yilda tug‘ilgan B.Sh. va tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.B.lar kelib, avtomashinaga nisbatan maʼmuriy jarima qo‘llamaslikni, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirilishi go‘yoki uning tadbirkorlik faoliyatiga ziyon yetkazishini vaj qilib, xodimlarning harakatlariga keskin qarshilik ko‘rsatgan. Shuningdek, xizmat olib borayotgan xodimlarni haqorat qilgan va ular bilan janjal uyushtirib, mayor S.K.ga tan jarohatlari yetkazishgan.

 

Tibbiy xulosaga ko‘ra, mayor S.K.ga “Bosh yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap yelka ichki yuzasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘karishi, milk yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi” tashxisi qo‘yilib, fuqaro B.Sh.da “Bo‘yin old qismida shilinma jarohati” mavjudligi aniqlangan.

 

Labo haydovchisiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Voqea ishtirokchilari Sh.Sh., B.Sh. va J.B.larga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Andijon viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

 

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"