Jahon

“Asablari titrayotgan iblis” yoxud qo‘rqinchli filmlar yaratuvchi ijodkor

30 aprel — daniyalik kinorejissor Lars Fon Triyer tavallud topgan kun.

“Asablari titrayotgan iblis” yoxud qo‘rqinchli filmlar yaratuvchi ijodkor

 

Bugun, 30-aprel dunyoga mashhur daniyalik kinorejissyor Lars Fon Triyerning tavallud topgan kun. Uni ko‘pchilik “Faustona qalb apokolipsisi” yoki “asablari titrayotgan iblis” deb ataydi.

 

Rejissyorning filmlarida eng asosiy mavzu bu  — inson ichidagi iblislardir. Ular o‘zlarini boshqa bir iblisga nisbatan munosabatlari, o‘zlarining idroksiz ravishda haddan tashqari og‘riq va azoblar orqali namoyon qiladi. Va ushbu yovuzlikning boshchisi va asosiy sababchisi sifatida har doim ayol obrazi turadi. Uning filmlarida ayol qahramonlar qandaydir tarzda yerdagi hayotning asosi sifatida yovuzlikni mutlaqlashtirayotgandek tuyuladi.

 

So‘zsizlik, shafqatsizlik

 

U filmlarida zo‘ravonlikni, xo‘rlash, azob-uqubatlar va qurbonlik mavzularini ustalik bilan tasvirlaydi. Uning o‘zi taʼkidlaganidek, kinoda mutlaq yovuzlikni tasvirlash juda oson, chunki yovuzlik prinspial jihatdan vizual xususiyatga ega. Ammo ezgulikning vizual timsoli doimo zerikarli va yolg‘on ko‘rinishda.

 

Triyer filmlaridagi gipnostik videolar ketma-ketligi

 

Triyer tomoshabinga o‘z g‘oyalarini to‘laqonli tarzda singdirish uchun gipnostik videotasvirlarni sekinlashtirgan holda taqdim etadi. Bu narsa uning boshlanishida va baʼzi sahnalarida ko‘rish mumkin. Aynan o‘sha kadrlar Phantom kemaralari tomonidan soniyasiga ming kvadrat chastotoda suratga olingan, natijada esa tomoshabinni ongsizlik oqimi bilan yuzlantiradi.

 

Lars fon Triyer Daniyada tug‘ilgan va shu davlatda rejissyorlik taʼlimini olgan. Uning sanʼat estetikasi va uslubi shimoliy Yevropa azaliy sanʼatkorlari falsafasi bilan hamohang. Shuning uchun ham uni “skandinaviya nuari” asoschisi deyishadi.

 

Uning ilk filmi nuar janrining klassik qonunlariga bo‘ysungan holda tasvirga olingan, lekin baʼzi sahnalarida esa nemis ekspressionizmdan ilhomlanganini ham sezish mumkin.

 

Novotorlik: “Dogma 95”

 

Rejissyor «Korolevstvo» filmini suratga olayotgan paytda texnika va uslub tomoshabin uchun syujet va personajlarga qaraganda muhim emas degan xulosaga keladi. U ijodiy fikr erkinligi uchun qatʼiy asketizm tamoyillariga tayana boshlaydi. Va shu orqali “Dogma 95” (montajdagi irrationallik, filmlar xuddi reportaj-xabardek tuyulishi) paydo bo‘ladi.

 

Trilogiyalar

 

Rejissyor bir necha marta filmlarni trilogiyalashtirilgan. Ulardan birinchisi — «E-trilogiyasi».

 

Ikkinchi trilogiyasi esa bolalarning sevimli kitobi “Oltin yurak” trilogiyasi sof qalbli insonlar haqida. Keyingi trilogiyasi tugallanmagan bo‘lib “AQSH—imkoniyatlar mamlakati” deb nomlanadi. Shu trilogiyaning filmi umuman suratga olinmagan, ayrim filmlarda rejissyorning Amerikaga nisbatan qisman  nafratini sezish mumkin.

 

Muallif so‘nggi filmlarini birlashtirmagan, lekin biz uni shartli ravishda birlashtirib, “Depressiya trilogiyasi” deb nomlashimiz mumkin.

 

Triyer filmlarida, albatta, bir hikoya qiluvchi (gipnozchi, mashhur rassom yoki Triyerning o‘zi) turadi, uning so‘zlariga qaraganda, ovozli hikoya qilish tomoshabinni oldinda ulkan bir dahshat kutib turganligini ko‘rsatishi bilan, ikkinchi tomondan kinoni sanʼatning boshqa turlari: adabiyot, teatr yoki musiqaga yaqinlashtiradi.

 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Triyer insoniyat madaniy tafakkurining alter-egosi. Biz aytishga iymanadigan, qaysidir maʼnoda uyaladigan haqiqatlarni Lars Fon Triyer oshkora bayon qiladi.

 

Samandar Egamberdiyev

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"