O'zbekiston

Andijonda IIB xodimidan qochishga uringan erkakning boshi kesilib ketdi

Holat bo‘yicha rasmiylar munosabat bildirdi.

Andijonda IIB xodimidan qochishga uringan erkakning boshi kesilib ketdi

 

Andijonda IIB xodimlaridan qochishga uringan mast fuqaro qo‘li va boshi kesilib ketdi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.     

 

Holat joriy yilining 22 aprel kuni soat 19:00 larda yuz bergan. Asaka tumani IIB profilaktika inspektori F.A. Asaka shahar Boburshox ko‘chasidagi chorrahada tez tibbiy yordam mashinasiga yo‘l bermasdan harakatlanayotgan Damas rusumli avtomashinani to‘xtatib, qoidabuzarlikni rasmiylashtirayotgan vaqtida avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mast holatda bo‘lgan fuqaro G‘.A. xodimning harakatlariga keskin qarshilik ko‘rsatib, uni uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan va jamoat tartibini buzgan.

 

Post-patrul xizmati xodimlari tomonidan jamoat tartibini buzayotgan G‘.A.ni IIBga yetkazish vaqtida u xodimlaridan qochishga urinib, shu ko‘chada joylashgan “Sovg‘alar” nomli do‘konga kirib, do‘kon ichkari xonasidagi eshikni ortidan tirab olishga harakat qilgan. Shu vaqtda eshik oynasi sinib, G‘.A.ning boshi va chap qo‘lining bilak qismi kesilib ketgan.

 

Ortidan yetib kelgan xodimlar tomonidan fuqaro G‘.A. shifoxonaga yetkazilib, unga “Chap qo‘l bilak yuqori uchligi tirsak bo‘g‘imi ichki iza sohasi 14x5 sm kesilishi oqibatida muskul, poy, qon-tomir va nerv shikastlanishi, bosh qismi chap tomon chakka sohasini kesilgan jarohati, kuchli mastlik holati” tashxisi qo‘yilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.