Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Muloqotda hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

 

Bugun, 5-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.

 

O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov davlat rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2022 yilda tovar ayirboshlash 18 foizga, joriy yil boshidan esa 12 foizga oshdi. Uch mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi ortmoqda. Faol gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Prezidenti Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining sermahsul yakunlariga, eng avvalo, ustuvor iqtisodiy loyihalarni, shu jumladan, Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etishni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganiga yuksak baho berdi.

 

Yaqin yillarda 10 milliard dollar maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun savdoni ko‘paytirish va eksport-import amaliyotlarining mutanosibligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini tez fursatda ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Bundan tashqari, mashinasozlik, energetika, qazib chiqarish sanoati, transport va logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.

 

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.