0

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi kanaldan topildi

Bolakayning otasi farzandining o‘limi sababidan shubhalanayotganini aytmoqda.

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi kanaldan topildi

 

Jizzax viloyati Baxmal tumanida bedarak yo‘qolgan olti yoshli bolaning kanaldan jasadi topildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi

 

Qayd etilishicha, 3 may kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani Navro‘z qishlog‘ida yashovchi 6 yoshli bola yo‘qolgan. Uning oila aʼzolari oradan ikki kun o‘tgach bola jasadini kanaldan topishgan. Bolakayning otasi farzandining o‘limi sababidan shubhalanayotganini qayd etgan. 

 

«5 may kuni soat 14:10 da o‘g‘limning jasadini suvdan topdik. Tanasini ko‘rganimda u 40 soat suvda qolib ketganga o‘xshamadi. O‘limining sababi suvda cho‘kish, deyilyapti. O‘zi cho‘kkanmi yoki cho‘ktirilganmi, bu nomaʼlum. U yashash uyimizdan ikki kilometr uzoqlikda topilgan. Ustida kiyimi bor edi. Lekin topganimizda futbolkasi yo‘q edi. Tanasida ortiqcha shilinish-tirnalishlar yo‘q. Yo‘qolgan payt ko‘chada odam gavjum bo‘lgan. Lekin uni suv bo‘yiga borganini ko‘rgan odam yo‘q. Tegishli tashkilotlar nazoratini yana-da kuchaytirishini so‘rayman», — deydi bolaning otasi.

 

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan bolaning jasadi kanaldan topildi