Ikki nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘ldi
Shuningdek, avtohalokatda bir oilaning uch nafar aʼzosi tan jarohati oldi.

16 may kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 824-kilometrida Toyota RAV-4 va Lacetti avtomobillari to‘qnashgan. Oqibatda. O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, mashinada bo‘lgan yana uch nafar yo‘lovchi va Toyota avtomobilidagi er-xotin hamda ularning 5 yoshli bolasi shifoxonaga yetkazilgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.







