Jahon

Moskvada o‘zbekistonlik erkak chiqindixonadan 65 ming dollar topib oldi

U bu pulni egasiga qaytarib, mukofot puli olgan.

Moskvada o‘zbekistonlik erkak chiqindixonadan 65 ming dollar topib oldi

 

Rossiyaning Moskva shahrida o‘zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollardan ziyod pul topib, uni egasiga qaytardi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

 

U Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, 14 yil davomida har yili Moskvaga qatnab ishlaydi. Voqea bo‘lgan kuni telefon raqamiga bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, ishga chaqirgan. Oshxonasida bo‘lgan barcha buyumlarni axlat uchun mo‘ljallangan konteynerga solib, tashlab yuborishini aytgan. Ular axlatxonaga olib borib, konteynerlarni tashlagan, ayol ish haqini bergan.

 

“Soat kechasi 23:00 larda ayol yana telefon qildi, qayerdasan, ikki bola bilan kel, bugun ishlaganingizda uyning hujjatlari chiqib ketib qolibdi, dedi. Vaqtim yo‘qligini aytganimda ko‘nmadi. Xullas, boshliq qo‘ng‘iroq qildi. Keyin borib, konteynerni ko‘rsatdim. Senga bugun to‘laganimdan ikki barobar ko‘p to‘layman, hujjatlarni topaylik, dedi. 5 ta katta konteyner bor edi. Ulardan birini ochsak, bitta qog‘oz va 5 million rubl pul turibdi. Pulni oldik. Qochib ketsak ham bo‘lardi, lekin qochib qayerga boramiz? Hujjatlarimiz ishxonamizda, bu pul bizga tegishli ham emas”, — deydi erkak.

 

U, shuningdek, pullarni qaytargani uchun rag‘batlantirilganini ham maʼlum qildi.

 

“Ishxonam hozir 100 ming rubl mukofot puli berdi. Xotiningni olib kel, senga fuqarolik pasporti beramiz va yashash uchun hovli ham beramiz, deyishdi. Men hamma narsam yetarli ekanini aytdim va rad etdim”, — deydi u.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"