0

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 280 ming bola tug‘ildi

Ko‘rsatkich 4,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 280 ming bola tug‘ildi

 

Prezident huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 280,8 mingta tirik tug‘ilishlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich, 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 foizga oshgan.

 

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 2023 yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlarning farzandlar ketma-ketligi bo‘yicha soni taqqoslanganda birinchi (to‘ng‘ich) farzand — 66,6 ming nafar, ikkinchi farzand — 91,2 ming nafar, uchinchi farzand — 80 ming nadar hamda to‘rtinchi farzand — 43 ming nafarni tashkil etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"