0

Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz butunlay yonib ketdi

Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz butunlay yonib ketdi

 

4-iyun kuni Andijon shahrida harakatlanib ketayotgan Matiz butunlay yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

 

Holat Andijon shahrining Yu.Otabekov ko‘chasida yuz bergan. Bo‘ston tumani “Xovash” MFY Uzun ko‘chasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan A.Ya.ning boshqaruvida bo‘lgan Matiz to‘liq yonib ketgan.

 

Yong‘in kelib chiqishiga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"