Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan muzokara o‘tkazdi

Tamim bin Hamad Ol Soniy Shavkat Mirziyoyevni Qatarga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan muzokara o‘tkazdi

 

Samarqanddagi Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni yana-da rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Uchrashuv avvalida Qatar amiri Shavkat Mirziyoyevga tashrif bilan kelish taklifi hamda Qatar delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Diplomatik munosabatlar tarixida birinchisi bo‘lgan ushbu oliy darajadagi tashrif ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi hamda uni keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi.

 

«Biz Qatarni nafaqat Yaqin Sharq mintaqasida, balki butun arab-musulmon olamida o‘zimizning istiqbolli hamkorimiz sifatida bilamiz. Siz bilan so‘nggi yillardagi muloqotlarimiz bois munosabatlarimizda katta siljish kuzatilmoqda», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shuningdek, Toshkent shahrida Qatar elchixonasi ochilgani ikki tomonlama hamkorlikni faol ilgari surishda muhim o‘rin tutgani taʼkidlandi. Qatar tomoni Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochilishi ushbu jarayonga kuchli surʼat bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

 

Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar. Qatarning yetakchi kompaniyalari energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

«Istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu yil sentyabr oyida O‘zbekiston-Qatar investitsiya forumini o‘tkazish hamda qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoni Ko‘rfaz mamlakatlari bilan bog‘laydigan eng qisqa, ishonchli va xavfsiz yo‘laklarni shakllantirish muhimligini qayd etdilar.

Madaniyat, taʼlim va turizm sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan birgalikda madaniyat kunlari, konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va pazandachilik namoyishlarini o‘tkazishga kelishib olindi. Mamlakatlarimiz poytaxtlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan muntazam aviaqatnovlar ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro sayyohlar oqimining ortishiga xizmat qilishi taʼkidlandi», — deyiladi xabarda.

 

Bundan tashqari, uchrashuvda global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar Afg‘onistonga nisbatan pragmatik siyosat yuritilishi, mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatilishi muhimligini taʼkidladilar.

 

Shuningdek, transafg‘on temir yo‘lini barpo etish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirishni birgalikda ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv so‘ngida shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Shavkat Mirziyoyevni Qatarga tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.