O'zbekiston

Qarshidagi bozorda yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi.

Qarshidagi bozorda yong‘in chiqdi

 

“Yerqo‘rg‘on” bozori hududida joylashgan do‘konning 210 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

 

Qarshi shahrida joylashgan bozor hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa to‘g‘risida rasmiy maʼlumot berdi.

 

Bugun, 7 iyun kuni soat 11:29 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Yerqo‘rg‘on” bozori hududida joylashgan ikki qavatli do‘konning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:41 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 2 ta suv tashishga mo‘ljallangan transport vositasi jalb etilgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida ikkinchi qavatda joylashgan do‘konning 210 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"