0

Samarqandda ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizcha tirik qoldi

Qizaloqni 4 nafar maktab bitiruvchilari qutqarib qolgan.

Samarqandda ko‘p qavatli uyning derazasidan tushib ketgan qizcha tirik qoldi

 

Samarqand IIBning xabar berishicha, 1-iyun kuni viloyatdagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan 4 nafar yigit sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolishadi.

 

Shundan so‘ng o‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun uy tomon yuguradi, qolganlariyesa qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashgan.

 

Qayd etilishicha, o‘quvchilardan biri zinapoyadan yugurib chiqayotgan paytda, yigitlar pastga qulab tushgan qizaloqni tutib olishadi. Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"