Jahon

Zelenskiy Rossiyani xalqaro sudga bermoqchi

Kaxovka GESi vayron qilingani sababli Ukraina BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Zelenskiy Rossiyani xalqaro sudga bermoqchi

 

Ukraina Kaxovka GES vayron qilingani sababli Rossiyaga qarshi Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilmoqchi. Bu haqda Kiyevdagi matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Vlodimir Zelenskiy maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bo‘lib o‘tgan voqea haqida Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlarini allaqachon xabardor qilgan, BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan, Bosh prokuratura esa ekotsid moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. 

 

"Fojia oqibatlari bir hafta ichida maʼlum bo‘ladi. Oddiy qilib aytganda, suv ketgach... 35 tadan 80 tagacha aholi punktlarini suv bosishi, ichimlik suvi taʼminotida katta muammolar yuz berishi mumkin. Ichimlik suvi suv toshqini kuzatilmagan hududlarda katta muammolar keltirib chiqaradi. Butun mintaqada: Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Xersonda", — dedi Zelenskiy. 

 

Keyinroq Ukraina prezidentining telegram-kanalida oliy bosh qo‘mondon qarorgohida Kaxovka GESdagi vaziyat bo‘yicha razvedka hisoboti eshitilgani haqida xabar paydo bo‘ldi. 

 

"Asosiy xulosa shuki, portlash ataylab qilingan, biroq dushman tartibsiz harakat qilib, o‘z texnikasini suv bosishiga yo‘l qo‘ygan. Shu bilan birga, to‘g‘onning portlashi Ukrainaning o‘z hududlarini qaytarib olish qobiliyatiga taʼsir qilmadi", — deyiladi xabarda. 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"