Xitoyda jazirama sabab elektr tarmoqlari ishdan chiqdi
Mamlakatda uy hayvonlari nobud bo‘lmoqda.

Xitoyda kuzatilayotgan kuchli jazirama sababli elektr tarmoqlari ishdan chiqib, ko‘plab uy hayvonlari nobud bo‘lmoqda. Bu haqda «Bloomberg» nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, mamlakatda bu yilgi jazirama yoz ertaroq boshlangan. Buning natijasida oziq-ovqat mahsulotlari taʼminotida ham uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Ayrim joylarda energetika quvvatlari yetishmasligi tufayli ishlab chiqarish korxonalari faoliyati cheklanmoqda. Jumladan, Guandundagi issiq ob-havo baʼzi tabiiy va suyultirilgan gaz importchilarini bozorda zaxira izlashga majbur qilgan.







