O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda chekka ovuldagi shifokorlarga 5 mln so‘mgacha ustama beriladi

Shuningdek, aholining statsionarda davolanish xarajatlarini daromad solig‘idan ozod qilish taklif qilindi.

Qoraqalpog‘istonda chekka ovuldagi shifokorlarga 5 mln so‘mgacha ustama beriladi

 

Toshkentda mavjud bo‘lgan barcha zamonaviy tibbiy xizmatlar Nukusda ham yo‘lga qo‘yiladi, olis va chekka ovullardagi tibbiyot xodimlariga 5 million so‘mgacha alohida ustama beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda tibbiyotga oid takliflari doirasida maʼlum qildi.

 

Qoraqalpog‘istondagi Onkologiya va radiologiya markazi filiali uchun yangi bino quriladi va eng zamonaviy uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi. Uning hududida bemorlarning yaqinlari vaqtincha yashab turadigan yotoqxona barpo etiladi.

 

Kelasi yildan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irotda ham 200 foizlik oylik ustama to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi olis va chekka ovullarda ishlayotgan barcha malakali tibbiyot xodimlariga 5 million so‘mgacha alohida ustama beriladi.

 

“Faqat Qoraqalpog‘iston uchun, aholining statsionarda davolanish xarajatlarini daromad solig‘idan ozod qilsak, o‘ylaymanki, adolatli ish bo‘ladi”, — dedi nomzod.

 

Ijtimoiy reyestrga kirgan aholi order asosida Toshkent shahri yoki boshqa viloyatga davolanishga kelganida, ularga avia va temiryo‘l xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

 

Shu bilan birga, qoraqalpog‘istonlik bolalarga yuqori texnologik operatsiyalar uchun homiylik qilgan tadbirkorlarning ushbu xarajatlari soliq undirish bazasidan chegirib tashlanadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.