Jahon

Entoni Blinken Xitoyga bordi

U Pekinda Xitoy TIV rahbari bilan uchrashgan.

Entoni Blinken Xitoyga bordi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ikki kunlik tashrif bilan Pekinga keldi. U so‘nggi besh yil ichida Xitoyga tashrif buyurgan birinchi yuqori martabali AQSH diplomatidir.

 

Qayd etilishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘tgan yilning noyabr oyida Indoneziyada G20 sammitida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu tashrif haqida kelishib olgan. Keyin Blinken fevral oyida Xitoyga tashrif buyurishi aytilgandi, ammo o‘sha oyning boshida shtatlar hududida Xitoyning josuslik shari topildi va Bayden maʼmuriyati safarni bekor qildi.

 

Pekinda Blinken Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gang bilan uchrashdi. Muzokaralar yopiq formatda bo‘lib o‘tgan.  Blinken 19 iyun kuniga qadar bo‘lgan safari davomida Xitoyning bosh diplomati Van Yi va ehtimol rais Si Szinpin bilan ham uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi strategik raqobat mojaroga aylanib qolmasligi uchun ochiq va mustahkam aloqa kanallarini o‘rnatishga intilishi kutilmoqda.

 

Vashington Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasida yuqori darajadagi muloqot zarurligini taʼkidlamoqda, bu ular o‘rtasida turli masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar, ayniqsa, Hindiston-Tinch okeani mintaqasida o‘sib borayotgan geografik raqobat fonida muhimdir.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"