O'zbekiston

Qabul kvotalarida xususiy universitetlar uchun 1000 ta grant ajratildi

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTM yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanadi

Qabul kvotalarida xususiy universitetlar uchun 1000 ta grant ajratildi

 

Prezident farmoni bilan «2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Unga ko‘ra, bu yilgi kvotalar to‘g‘risidagi prezident farmoyishida nodavlat universitet va institutlar uchun 1000 ta grant o‘rni ajratilishi belgilangan. 

 

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTM yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi va 1-iyulgacha Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligi saytida eʼlon qilinishi kerak.

 

Xususiy OTM imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilgi qabuldan boshlab nodavlat OTM uchun ham 1000 ta davlat granti ajratilishi boshlangandi.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"