Jahon

Rossiyalik sayyohlarsiz qolgan Yevropa

Taqiqlar mahalliy biznesga qanday taʼsir qildi?

Rossiyalik sayyohlarsiz qolgan Yevropa

 

Ukrainaga keng miqyosli harbiy operatsiyalar boshlanganidan so‘ng Yevropada rus sayyohlari bir necha baravar kamaydi. Bu yozda Yevropada rossiyalik sayyohlarni topish oson bo‘lmaydi.

 

“Schengen Visa Info” maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda rossiyaliklar Yevropada avvalgiga qaraganda 90 foizga kamroq dam olishgan.

 

Eng boy rossiyaliklar mintaqaga tashrif buyurishda davom etar ekan, logistika qiyinchiliklari va yuqori narxlar tufayli o‘rta sinf sayyohlari deyarli yo‘q. Ammo shu o‘rinda bir savol bor, rossiyalik sayyohlarning yo‘qligi Yeropaning o‘ziga qanday taʼsir qiladi?

 

Latviya uzoq vaqtdan beri joylashuvi va tarixiy aloqalari tufayli rus sayohatchilari uchun magnit bo‘lib kelgan. Kichkina Boltiqbo‘yi davlatining jonli turizm sanoati boshqalar kabi COVID pandemiyasidan aziyat chekdi, ammo Rossiyadan sayyohlarning yo‘qolishi haqiqiy zarba bo‘ldi.

 

Ukraina bilan birdamlik sifatida 2022 yil sentyabrida rossiyalik sayyohlarning mamlakatga kirishi taqiqlandi.

 

“Albatta, biz sizni sog‘inamiz. Iqtisodiy nuqtayi nazardan bu qaror mahalliy biznesga yordam bermagan bo‘lishi mumkin. Lekin siyosiy darajada biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz. Odamlar askarlari ukrainaliklarga hujum qilayotgan paytda biz rossiyalik sayyohlarni qabul qila olmasligimizni tushunishadi”, — deb yozadi Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevich Tvitterda.

 

Latviya turizm sektori hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yil fevral oyida to‘liq miqyosli bosqin boshlanganidan beri mehmonxona bronlarining 70 foizga yaqini bekor qilingan. Biroq turizm sanoat bu yo‘qotishlar ortidan Fors ko‘rfazi kabi yangi, foydalanilmagan bozorlarga kirib bormoqda va mehnat xarajatlarini kamaytirish orqali yana-da samaraliroq bo‘lmoqda.

 

To‘liq miqyosli bosqin boshlanishidan oldin, rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, har yili 1,2 millionga yaqin rus sayyohlari Sharqiy Finlyandiya bilan chegarani avtobus va avtomobillarda kesib o‘tgan.

 

Ularning baʼzilari mehmonxonalarda qolgan bo‘lsada, ularning aksariyati bir kunga kelib, mahalliy supermarketlarda pul sarflagan. Ular kiyim-kechak, kir yuvish kukuni, shokolad, baliq, asosan supermarketdan oziq-ovqat sotib olar edi, chunki Finlyandiya brendlari yuqori sifati bilan mashhur. Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan eng uzun chegarasi bo‘ylab tashrif buyuruvchilar oqimi endi ikki fuqarolik yoki uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganlar bilan cheklangan darajada sekinlashdi.

 

Eng yirik shahri Lappeenranta bo‘lgan Janubiy Kareliya viloyati urush boshlangandan beri 100 mingga yaqin rossiyalik sayyohni yo‘qotdi. Ammo endi u ko‘proq finlarga eʼtibor qaratmoqda va Germaniya, Italiya kabi mamlakatlardan kelgan mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Ispaniyadagi sayyohlarning aksariyati hech qachon ruslar bo‘lmagan, ammo so‘nggi yillarda rossiyaliklar eng tez o‘sib borayotgan turistik guruhlardan biriga aylangandi.

 

Ispaniya Milliy Statistika Instituti maʼlumotlariga ko‘ra, 2019 yilda janubiy Yevropa davlatiga 1,3 millionga yaqin rossiyalik sayohatchilar kelgan, bu umumiy sayyohlar sonining 1,3 foizini tashkil qiladi.

 

Endi ularning yo‘qligi sezilmoqda, ayniqsa, baʼzi mintaqalar rus sayyohlariga boshqalarga qaraganda ko‘proq bog‘liq, masalan, Kosta-Dorada, ular barcha tashrif buyuruvchilarning 10% dan 15 foizni tashkil qilgan. Endi esa ularning yo‘qligi sezila boshlagan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2019 yilda viloyatdagi mehmonxonalarda 1 million 290 ming joy bron qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich deyarli 0.

 

Ruslar yuqori darajadagi hashamatli isteʼmol bilan ajralib turardi. Chexiya kurortlari ham xuddi Ispaniya kabi, badavlat rossiyalik sayyohlar sonining keskin kamayishiga duch kelmoqda.

 

Karlovi Vari, Marianske Lazne va Frantiskoviy Lazne shaharlari 2021 yilda YUNESKO tomonidan Jahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgach, umid chaqnadi. Ammo ularning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi.

 

Rossiya tanklari Ukraina chegarasini kesib o‘tganida, Markaziy Yevropa davlati bu mamlakatga qo‘yilgan Yevropa sanksiyalariga qo‘shildi.

 

Eng ko‘p pul sarflagan va eng uzoq vaqt qolgan rossiyalik mijozlar ulushi 2019 yildagi 61 000 tadan o‘tgan yili atigi bir necha mingga tushdi.

 

Boshqa sayyoh kuniga taxminan 700 kron (30 yevro) sarflaydi. Rus tilida so‘zlashuvchi mehmonlar 3500 krondan (150 yevro) ko‘proq pul sarflaydi. Biroq rossiyalik sayyohlarning yo‘qolishi ularning muammolarining faqat bir qismidir.

So‘nggi ikki yil ichida Chexiya Respublikasida ishsizlik darajasi 3,5 foizni tashkil etgani va inflyatsiya rekord darajadagi 18 foizdan oshgan. Shu bilan birga kurort shaharlari kadrlar yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda.

custom img

Rossiyada ayrim zapravkalarda amaldorlarga benzin navbatsiz berilmoqda

Saratov, Krasnodar, Chelyabinsk va Volgograd viloyatlaridagi ayrim yonilg‘i quyish shoxobchalarida davlat xizmatchilariga navbatsiz yoki xizmat guvohnomasi asosida benzin sotilayotgani aytilmoqda.

custom img

Damashqda Adliya saroyi yaqinidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ayrim fuqarolar portlashga sobiq Prezident Bashar Asadning tarafdorlari aloqador ekanini aytmoqda.

custom img

O‘zbekiston delegatsiyasi Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronga tashrif buyurdi.

custom img

AQSH Nigeriyadan harbiylarining asosiy qismini olib chiqdi

AQSH Nigeriyada ISHIDga qarshi bir necha oy davom etgan qo‘shma harbiy operatsiya yakunlangach, mamlakatga yuborilgan harbiy xizmatchilarining asosiy qismini olib chiqdi.

custom img

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi jarlikka quladi: kamida 40 kishi halok bo‘ldi

Yana 8 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

custom img

“Eron AQShning deyarli barcha talablariga rozi bo‘ldi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralarda muhim siljish kuzatilayotganini bildirib, yakuniy kelishuvga yaqin qolinganini aytdi.

custom img

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2595 kishiga yetdi

Zilziladan buyon vayronalar ostidan 6462 kishi tirik qutqarilgan.

custom img

Tailandda dahshatli YTH: 11 yoshli bola rohiblar guruhini urib yubordi

Bola 34 nafar rohiblar ketayotgan guruhni urib yuborgan, halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"