Jahon

AQSH Kongressi Blinken va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarini tinglashni talab qildi

Bunga Xitoydagi muzokaralar sabab bo‘lgan.

AQSH Kongressi Blinken va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarini tinglashni talab qildi

 

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokida tinglov o‘tkazish talabi Vakillar palatasi va Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi raislari Maykl Makkol va Robert Menendezdan kelib tushgan. 

 

Qonunchilar Xitoyning Kubadagi josuslik bazasi haqidagi xabarlar fonida maxfiy brifing o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda. Kongressmen Maykl Makkol va senator Bob Menendez bunday bazaning oqibatlaridan xavotir bildirdi, chunki bu AQSH milliy xavfsizligiga tahdid soladi.


Avvalroq AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali amaldorlari prezident Jo Baydenning Xitoy rahbari Si Szinpin haqidagi so‘zlaridan hayratda qolgan edi. Bayden uni «sarosimadagi diktator» deb atadi va Xitoy rahbari Xitoy shari urib tushirilganidan «juda xafa bo‘lganini» aytdi. 

 

Oq uy darhol AQSH rahbarining bayonotlari Vashingtonning rasmiy siyosatini aks ettirmasligini taʼkidladi. Maʼmuriyat, Baydenning bayonoti Xitoy bilan munosabatlarga hech qanday taʼsir ko‘rsatmasligiga va Entoni Blinkenning Xitoyga tashrifidan keyin erishilgan muvaffaqiyatlarni bartaraf etmasligiga ishonch bildirdi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"