0

Xorazmda haydovchi mast holda IIB boshlig‘ini urib yubordi

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Xorazmda haydovchi mast holda IIB boshlig‘ini urib yubordi

 

Maʼlum qilinishicha, 25-iyundan 26-iyunga o‘tar kechasi 1993-yilda tug‘ilgan damas haydovchisi Xorazm viloyati Xiva shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik Botir Otajonovni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi yo‘l chetida turgan avtomobilning orqa tomoniga borib urilib, tan jarohati olgan. Ammo, haydovchi Damas avtomashinasini hodisa joyida qoldirib, nomaʼlum tomonga yashiringan.

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, haydovchining yashiringan joyi aniqlanib, alkotester yordamida ko‘rikdan o‘tkazilganda unda 0,403 mg/l miqdorida alkogoldan mastlik holati aniqlangan.

 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"