O'zbekiston

Toshkentda “Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazmaga 14 muallifning 80 dan ortiq suratlari оlib kelingan

Toshkentda “Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi ish boshladi.

 

Madaniy meros haftaligi doirasida Tasviriy sanʼat galereyasida “Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi ish boshladi. Tadbir avvalida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovlar mehmonlar ва ishtirokchilarni qutladi.

 

So‘zga chiqqanlar bugungi kunda O‘zbekistonda uchinchi renessans davri poydevori yaratilayotgani, madaniq meros nafaqat mamlakatda, balki xorijda ham, tobora ommalashib borayotganini taʼkidladi. Ko‘rgazma doirasida Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi (Qoraqalpog‘iston) kolleksiyasidan avangard rassomlarning asarlari Toshkentga olib kelindi.

 

“Ko‘rgazmaga 14 muallifning 80 dan ortiq suratlarini оlib keldik. Ular orasida ushbu yo‘nalishning yetakchi ustalari - O‘ral Tansiqboyev, Aleksandr Volkov, Zinaida Kovalevskaya, Nikolay Karaxan va boshqa ko‘plab rassomlarning ijod namunalari mavjud. O‘ylaymanki, ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston madaniy merosining keng vа rang-barangligini yana bir bor namoyon etadi”, – dedi Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat sanʼat muzeyi direktori Tigran Mkrtichev.

 

O‘zbekiston Tasviriy san`at galereyasi direktori Kamola Akilova taqdim etilgan ko‘rgazmaning o‘ziga xosligi haqida gapirar ekan, madaniy meros haftaligi doirasida ochilgan barcha ko‘rgazmalar O‘zbekiston madaniy boyligini namoyish etishini alohida taʼkidladi.

 

“Saviskiy muzeyi, juda noyobligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Uning rivojlanishiga ushbu muzeyning birinchi direktori, asoschisi Igor Savitskiy katta hissa qo‘shgan. Nega bugun Turkiston avangardi mavzusiga to‘xtalamiz? Chunki 1920-yillarning avangardi dunyoni o‘zgartirishga, baʼzi yangi talqinli motivlar, syujetlar vа uslublarni joriy etishga qaratilgan sanʼatdir. Albatta, bu biz uchun dolzarb, chunki hozir O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar bo‘lmoqda, barcha sohalarni modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Va, albatta, bu madaniyat vа sanʼatda o‘z ifodasini topadi. Albatta, bu xorijlik mehmonlarda ham, jamoatchiligimizda ham katta qiziqish uyg‘otadi”, - dedi Kamola Akilova.

 

“Turkiston avangardi: makon vа zamon oralig`ida” ko‘rgazmasi Temuriylar muzeyi vа O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida madaniy meros haftaligi doirasida ochilgan ikki ko‘rgazmani mantiqan davom ettiradi vа to‘ldiradi. Bu tadbirlar butun dunyoda hayratga soladigan O‘zbekistonning serqirra, o‘ziga xos vа betakror madaniyatini namoyish etadi.

 

Turkiya Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi Jem Korkut ham O‘zbekiston, ham Turkiya madaniy merosini o‘rganish vа asrab-avaylashda xalqaro hamkorlik muhimligini taʼkidladi. U davom etayotgan tadbirni mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy almashinuv uchun muhim tadbir deb atadi.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi barcha turkiyzabon vа islom mamlakatlari uchun muhim voqea, chunki O‘zbekiston merosi, uning tarixi bizga yaqin ва butun insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonga so‘nggi tashrifimdan keyin to‘rt yil davomida hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar, jumladan, madaniyatimiz, o‘tmishimizga eʼtibor kuchayganini mamnuniyat bilan aytishim mumkin. Ishonchim komilki, O‘zbekiston bu bilan to‘xtab qolmaydi vа o‘zining ulug‘vorligi bilan dunyoni lol qoldiradi”, — dedi Jem Korkut.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"