Iqtisodiyot

Energetika sohasi uchun 415 million dollar ajratiladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi.

Energetika sohasi uchun 415 million dollar ajratiladi

 

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Lyudger Shuknext bilan uchrashdi.

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, mavjud loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bugungi holati muhokama qilindi.

 

Energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, transport va tibbiyot kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 13 ta loyihani o‘z ichiga olgan OIIBning O‘zbekistondagi joriy investitsiya portfeli hajmining o‘sishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2023 yil mart oyidan buyon bank tomonidan energetika sohasida loyihalarni amalga oshirish doirasida davlat kafolatisiz 415 million dollari miqdoridagi 3 ta kredit liniyasi maʼqullandi.

 

Lyudger Shuknext O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va OIIB hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qo‘shma loyihalarni sifatli amalga oshirish va o‘zaro munosabatlarning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan faol hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.