O'zbekiston

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Joriy yilning 11-iyul kuni Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda “O‘zavtoyo‘l” raisi Abdurahmon Abduvaliyev ishdan olindi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

 

O‘zA xabariga ko‘ra, Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshladi.

 

Jamshid Tursunov 1979 yil Buxoro tumanida tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini tamomlagan.

 

U mehnat faoliyati davomida “O‘zsanoatqurilishbank” Buxoro mintaqaviy filiali boshlig‘i, “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi moliya-iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati avtomobil yo‘llarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

 

2021-2023 yillarda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

 

Jamshid Tursunov 2023 yil 16 yanvardan buyon Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

 

Joriy yilning 11 iyul kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev ishdan olindi.

 

Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, uning ishdan olinishi «investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani» oqibatida ro‘y berdi.

 

Abdurahmon Abduvaliyev 22-yildan buyon O‘zbekiston yo‘l xo‘jaligiga rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2001 yildan O‘zbekiston yo‘l sohasiga rahbarlik qilgan - 2001-2013 yillarda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i, 2013-2017 yillarda “O‘zavtoyo‘l” boshqaruvi raisi, 2017-2019 yillarda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi, 2019 yildan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.