0

Surxondaryoda millionlab qalbaki pullar yoqib yuborildi

Fuqaro 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m pulni soxtalashtirgani aytilmoqda.

Surxondaryoda millionlab qalbaki pullar yoqib yuborildi

 

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m pulni soxtalashtirgan.

 

Huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul yasovchi ushlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan ushbu qalbaki pullarni yo‘q qilish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati MIB Termiz shahar bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan. So‘ng soxta pullar belgilangan tartibda Termiz tumanidagi maxsus chiqindi poligonida yo‘q qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"