0

Toshkentda uchta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Holat poytaxtning Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan.

Toshkentda uchta mashina ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

 

Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha maʼlumot berildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 19-iyul kuni soat 22:00 larda Uchtepa tumani Shirin ko‘chasida:

  • 2002 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashinasi;
  • 1993 yilda tug‘ilgan B.Z. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasi;
  • 2003 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

YTH natijasida Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"