0

Uch yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

Masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati e'lon qilindi

Uch yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Unda qayd etilishicha, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o‘qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan o‘quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy taʼlim olish imkoniyatini yaratiladi.

 

Hujjatga ko‘ra, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan kollej va texnikumlar o‘quvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxatini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdiqlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"