O'zbekiston

BAAdan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi

Dubay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Amirliklarda faoliyat yurituvchi sayyohlik shirkati mudiri bilan uchrashuv bo‘ldi.

BAAdan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlar oqimi ko‘paytiriladi

 

Dubay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Amirliklarda faoliyat yurituvchi sayyohlik shirkati mudiri Ravshan Zokirov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

 

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi ko‘hna shaharlarda sayohatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, respublika boy madaniy va maʼnaviy merosi to‘g‘risida maʼlumotlar berish, o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini keng targ‘ib etish, ommalashtirish va mamlakatga xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirish bilan izohlanadi.

 

Sayyohlik shirkati mudiri bilan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini yana-da ko‘paytirish va ularning talablaridan kelib chiqib, yangi turizm xizmatlarini o‘z ichiga olgan maxsus turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

 

Muzokaralar yakunida sayyohlik shirkati bilan O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.