0

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sganlar ushlandi

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Samarqandda avtobus yo‘lini to‘sganlar ushlandi

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2023 yil 28 iyul kuni soat taxminan 14:00da Jizzax viloyati “G‘allaorol” tumani  hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida viloyatlararo yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi, u bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi yo‘liga chiqib ketishi oqibatida haydovchilar o‘zaro yo‘l talashib, tortishib qolishgan

 

Shundan so‘ng, “Damas” haydovchisi Y.Sh. avtomashinasini boshqarib, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Oytamg‘ali” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lida, tanishlari bilan avtomobil yo‘lini to‘sib, avtobusni harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan, avtobusga shikast yetkazgan. 

 

Hodisada hech kim jarohat olmagan.

 

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlanib, ushlangan.

 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘rganishlar yakuni bilan ushbu holatda ishtirok etgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"