Sport

Italiya klubi Otabek Shukurovga qiziqish bildiryapti

Futbolchi ayni vaqtda Turkiya chempionatida to‘p surmoqda.

Italiya klubi Otabek Shukurovga qiziqish bildiryapti

 

Italiyaning “Jenoa” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Sport Italia" nashri xabar berdi.

 

A Seriyaga qaytgan genuyaliklar tarkibni kuchaytirish maqsadida yarim himoyachimizni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu klubga ayni damda Alberto Jilardino bosh murabbiylik qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Shukurov 2022 yilning 27 iyulidan beri Turkiya Superligasining "Fotih Karagyumryuk" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum futbolchimiz turk chempionatining 28 o‘yinida bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"