Marselo raqibiga kuchli jarohat yetkazdi
Futbolchi ayni vaqtda sobiq jamoasida to‘p surmoqda.

"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi, hozirda “Fluminense”da o‘ynayotgan Marselo Libertadores kubogi doirasidagi o‘yinda raqibiga dahshatli jarohat yetkazdi. U "Argentinos Juniors" futbolchisining oyog‘ini sindirdi. Mahalliy matbuotning yozishicha, jarohat olgan futbolchining tiklanishiga bir yilcha vaqt ketadi. Marseloning avvalgi klubi “Olimpiakos” edi. Braziliyalik futbolchi 2022-yilning sentabridan beri Gretsiya klubida to‘p surmoqda. U klubga “Real”dan o‘tgan.







