Mbappe yaqin soatlarda "Real"ga o‘tadi
Futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi.

Fransiyaning “PSJ” klubi “Real” bilan hujumchi Kilian Mbappening transferi borasida kelishib oldi. Bu haqda “Goal.com” nashri xabar berdi. Manbaning yozishicha, Fransiya terma jamoasi yulduzi ispan grandi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Parijliklar rahbariyati kelasi yozda futbolchini tekinga yo‘qotib qo‘ymaslik uchun transfer borasida kelishib olish uchun yon berishga majbur bo‘ldi.
Kilian Mbappe “Real” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Bundan tashqari, futbolchi Madrid klubidagi debyutini 12-avgust kuni Ispaniya La Ligasining 1-turi doirasidagi «Atletiko Bilbao»ga qarshi o‘yinda o‘tkazishi mumkin.







