Xitoyda kuchli zilzila yuz berdi
Odamlar jarohat olgan, uylar vayron bo‘ldi.

Xitoy sharqida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 21 kishi jabrlandi, raqamlar yana ortishi mumkin. 126 ta bino vayron bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qurbonlar haqida maʼlumotlar yo‘q.
Zilzila Shandun provinsiyasida Dechjou shahrida sodir bo‘lgan. Uning epimarkazi 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Zilziladan keyin 52 ta yerosti silkinishi kuzatilgan.







