O'zbekiston

Toshkentdagi “dom”da yong‘in yuz berdi

FVB xodimlari 20 kishini evakuatsiya qilgan.

Toshkentdagi “dom”da yong‘in yuz berdi

 

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 6 avgust kuni soat 18:59 da m.Ulug‘bek tumani “Beshkapa” MFY Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘inga soat 19:06 da yetib borilib, soat 19:25 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta yong‘in-qutqaruv otryadi bo‘linmasi jalb etilgan.

 

Yong‘in natijasida 15 kvadrat metr maydonda uy-jihozlari  yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish jarayonida ushbu uy qavatlaridan 20 nafar fuqaro qutqaruvchilar tomonidan xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. 

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanuvchilarga 16,7 mlrd so‘m tovon puli to‘landi

Hozirda qolgan 61,3 mlrd so‘m zararni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom etmoqda.

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Irkutskdagi o‘lat gumoni: O‘zbekistonning epidemiologik vaziyati qanday?

Sanepidqo‘mita epidemiologik vaziyat yuzasidan izoh berdi.

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

48,5 kg narkotik: Afg‘onistondan O‘zbekistonga olib kirilayotgan yuk mashinasi ushlandi

Bojxona postida yuk mashinasi tekshirilganda, uning pol qismi ostidan 98 ta o‘ram yashirilgan narkotik modda topildi.

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident dunyoda 645 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekayotganini taʼkidlab, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi.