O'zbekiston

Toshkentda 10 kun ichida 16 mingta yo‘l harakati bilan bog‘liq qoidabuzarlik aniqlandi

Shulardan salkam 6 mingtasi qo‘pol qoidabuzarliklardir.

Toshkentda 10 kun ichida 16 mingta yo‘l harakati bilan bog‘liq qoidabuzarlik aniqlandi

 

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning 1-10 avgust kunlari davomida jami 16 449 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 5 888 tasi qo‘pol qoidabuzarliklardir.

 

Jumladan:

– Transport vositalarini mast holda boshqarish 91 ta;

– Transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish 714 ta;

– Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi 379 ta;

– Svetofor talablariga rioya qilmaslik 213 ta;

– Odam tashish qoidasini buzish 511 ta;

– Quvib o‘tish qoidasini buzish 197 ta;

– Avariya holatini yuzaga keltirish 34 ta;

– IIOlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik 50 ta.

 

Shu bilan birga, 3.599 nafar qoidabuzar piyodalarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur davr davomida 35 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, shundan 28 tasi piyodalar bilan bog‘liq.

 

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB hamda YHXB xodimlari tomonidan 22 ta giyohvandlik vositalari, 198 ta sovuq qurol va 3 ta pnevmatik qurol bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilgan.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"